Prezident qarori bilan Zokir Ishpulatov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U bungacha Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi bo‘lib ishlagan.
Prezident barcha manbalar bo‘yicha yagona suv balansini yuritish va davlat suv kadastrini tashkil etish uchun Suv xo‘jaligi vazirligini mas’ul etib belgiladi. Vazirlik tarkibida Ekspluatatsiya agentligi va Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tashkil etilmoqda.
Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.
Ukrainadagi “Kaxovka” GESi portlatilishi O‘zbekistondagi suv omborlariga ham ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatdi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartli ravishda “Chorvoq” GESi portlatilgan va zudlik bilan choralar ko‘rish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan. Video.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri “Gazeta.uz” muxbirining “Tolibon” Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali haqidagi savoliga javob berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu masalada “Tolibon”ga yordam ko‘rsatadi. “Bu kanal ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan do‘stlik kanali bo‘ladi”, — dedi u.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.
2017 yildan beri Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Dilshod Xodjiahmedov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Nazarov Azimjon suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Qarshiyev suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sardoba suv ombori xavfsiz eksplutatsiya qilinishi maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Xarajatlar to‘liq respublika byudjetidan qoplanishi ma’lum qilindi. Rekonstruksiya ishlariga tajribaga ega xorijiy va mahalliy ekspertlar, loyihachilar jalb qilinmoqda.
Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Ro‘ziboyev o‘z lavozimidan ozod etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting